Abstract
Mazkur ilmiy maqolada XIX asr boshlari va oʻrtalarida Markaziy Osiyoda mavjud boʻlgan Buxoro amirligi hamda Qoʻqon xonligida sud-huquq va diniy-harbiy boshqaruv tizimida muhim oʻrin tutgan mansablarni tayinlash amaliyoti arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning manbaviy asosini Oʻzbekiston Milliy arxivi va Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi fondlarida saqlanayotgan yorligʻ (farmon)lar tashkil etadi. Xususan, Buxoro amiri Sayyid Amir Haydar tomonidan qozikalon lavozimiga tayinlash, Qoʻqon xoni Muhammad Mallaxon tomonidan qoʻshin muftiysi (muftii askar) mansabini joriy etish hamda Muhammad Xudoyorxon davrida qozi tayinlashga oid farmonlar mazmunan qiyosiy-tahliliy usulda oʻrganildi. Maqolada ushbu mansablarning huquqiy maqomi, vakolatlari, ijtimoiy-maʼnaviy vazifalari hamda shariat normalari bilan davlat boshqaruvi oʻrtasidagi oʻzaro uygʻunlik ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo xonliklarida huquqiy institutlarning shakllanishi va amal qilish mexanizmlarini ilmiy jihatdan chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
References
1. Ўзбекистон Миллий архиви. И–126 фонд, 1-рўйхат, 3-йиғмажилд, 27-варақ.
2. Бухоро амирлигида қозикалон мансабига тайинлаш тўғрисидаги ёрлиғ (1217 ҳ./1802–1803 м.).
3. Қўқон давлат музей-қўриқхонаси. ДП 638-фонд, КП 1271.
Қўқон хонлигида қўшин муфтийси (муфтии аскар) тайинлаш ҳақидаги ёрлиғ (1271 ҳ./1859 м.).
4. Қўқон давлат музей-қўриқхонаси. ДП 639-фонд, КП 1272.
Қўқон хонлигида қози тайинлаш тўғрисидаги фармон (1279 ҳ./1860 м.).
II. Manbalar toʻplamlari va hujjatlar nashrlari
4. Бобожонов, И. (таҳр.). Марказий Осиё хонликлари ҳужжатлари. — Тошкент: Фан, 2003.
III. Buxoro amirligi tarixi boʻyicha tadqiqotlar
5. Раҳимов, Н. А. Бухоро амирлигининг давлат тузуми ва бошқаруви (XVIII–XIX асрлар). — Тошкент: Фан, 2006.
6. Хабибуллаев, А. Х. Бухоро амирлигида суд-ҳуқуқ тизими. — Тошкент: Адолат, 2010.
7. Набиев, Р. Н. Бухоро амирлиги тарихидан. — Тошкент: Ўзбекистон, 1997.