GRAFEN OKSID BILAN MODIFIKATSIYALANGAN PVA–CS/LAB₆ NANOTOLALARINING DIELEKTRIK XARAKTERISTIKALARI VA SIRT ENERGIYASINING NAZORAT OSTIDA SOZLANISHI
PDF

Keywords

Elektrospinning usulida olingan nanotolalar, Dielektrik xususiyatlar, Grafen oksid, Sirt erkin energiyasi, Kontakt burchagi

How to Cite

GRAFEN OKSID BILAN MODIFIKATSIYALANGAN PVA–CS/LAB₆ NANOTOLALARINING DIELEKTRIK XARAKTERISTIKALARI VA SIRT ENERGIYASINING NAZORAT OSTIDA SOZLANISHI. (2026). Scientific Conference, 3(01), 53-57. https://doi.org/10.70728/conf.edu.v3.i1.014

Abstract

Ushbu tadqiqotda, PVA-CS/LaB₆ asosli elektrospinning usulida olingan nanotolalar grafen oksid (GO) qo’shimchasi (%1, %2 va %4) bilan modifikatsiya qilindi va ularning dielektrik va sirt xususiyatlari sistematik ravishda o’rganildi. FTIR tahlillari PVA va xitozanga xos bo’lgan funksional guruhlarning saqlanib qolganligini va GO qo’shilishi bilan kislorod saqlovchi funksional guruhlarga bog’liq bo’lgan chiziqlar intensivligining ortganligini ko’rsatdi. SEM tasvirlari barcha namunalarda tolali strukturaning saqlanganligini va GO qo’shilishi tola morfologiyasida sezilarli o’zgarishlarga olib kelmaganligini aniqladi. Dielektrik o’lchovlar barcha namunalarda dielektrik doimiylikning chastota ortishi bilan kamayganligini va yuqori chastotali sohada plato holatini namoyon etganligini ko’rsatdi. Sof PVA-CS/LaB₆ nanotolalari past chastotada taxminan ε′ ≈ 8.0 qiymatiga ega bo’lsa, %4 GO saqlovchi namunada bu qiymat ≈ 4.3 darajasiga tushdi. Xuddi shunday, dielektrik yo’qotish va AC o’tkazuvchanlik qiymatlari GO miqdori ortishi bilan pasaygan. Kontakt burchagi o’lchovlari GO qo’shilishi bilan suv kontakt burchagining ~26.9° dan ~44.3° ga ko’tarilganligini, ammo sirtning nazorat ostidagi gidrofilik xarakterini saqlab qolganligini ko’rsatdi. Olingan natijalar GO qo’shimchasi dielektrik yo’qotishlarni kamaytiradigan va sirt energiyasini sozlash imkonini beradigan samarali modifikatsiya vositasi ekanligini ko’rsatmoqda.

PDF

References

1. Dang, M., Yuan, K., Yao, H., & Liao, J. (2013). Flexible Nanodielectric Materials with High Permittivity for Power Energy Storage. Advanced Materials, 25(44), 6334-6365. https://doi.org/10.1002/adma.201301752

2. Zhu, Y., Murali, S., Cai, W., Li, X., Suk, J. W., Potts, J. R., & Ruoff, R. S. (2010). Graphene and Graphene Oxide: Synthesis, Properties, and Applications. Advanced Materials, 22(35), 3906-3924. https://doi.org/10.1002/adma.201001068

3. M. Wang, F. C. Lu and H. M. Li, "Analytical processing of online monitored dissipation factor based on morphological filter," in IEEE Transactions on Dielectrics and Electrical Insulation, vol. 11, no. 5, pp. 840-846, Oct. 2004, doi: 10.1109/TDEI.2004.1349789.

4. Huang, Z. M., Zhang, Y. Z., Kotaki, M., & Ramakrishna, S. (2003). A review on polymer nanofibers by electrospinning and their applications in nanocomposites. Composites Science and Technology, 63(15), 2223–2253. https://doi.org/10.1016/S0266-3538(03)00178-7

5. Xue, J., Wu, T., Dai, Y., & Xia, Y. (2019). Electrospinning and electrospun nanofibers: Methods, materials, and applications. Chemical Reviews, 119(8), 5298–5415. https://doi.org/10.1021/acs.chemrev.8b00593