Abstract
Ushbu tezisda davlat boshqaruvi tizimida vertikal boshqaruv mexanizmini yaratishning tashkiliy-huquqiy asoslari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot avvalo davlat boshqaruvi nazariyasiga oid yondashuvlarni, ya’ni markazlashgan boshqaruv tizimi, aloqa jarayonlarini hamda yuqori turuvchi davlat organlarning hujjatlarni ijro qilish mexanizmlarini ko‘rib chiqishdan boshlanadi. Tezisda O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va amaliy samaradorligi o‘rganilib, mavjud tizimda muammo va kamchiliklarni o‘rganib chiqqan holda vertikal integratsiyaning kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy o‘zgarishlar, normativ bazani takomillashtirish tamoyillari hamda raqamli boshqaruvning ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu tizim orqali yagona boshqaruv modelining davlat siyosatida barqarorlik, tezkor qaror qabul qilish, rezerv resurslardan oqilona foydalanish hamda mahalliy boshqaruvni samarali koordinatsiya qilishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, huquqiy mexanizmlarni yangilash, institutsional tuzilmani modernizatsiya qilish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
References
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, amaldagi tahrir.
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PQ–4102-son “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori.
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 536-son “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
5) O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
6) O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
II. MONOGRAFIYALAR VA O‘QUV ADABIYOTLARI
1. Kozlov Yu.M. Administrativ huquq. – Moskva: Yurist, 2005.
2. Alexin A.P. Davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati nazariyasi. – Moskva: Norma, 2004.
3. Xodjayev B., Rahmonov O. Davlat boshqaruvi nazariyasi. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2018.
4. Saidov A.X. Konstitutsiyaviy huquq. – Toshkent: Adolat, 2019.
5. Ismoilov B.I. Hududiy boshqaruv va mahalliy hokimiyat tizimi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.