Abstract
Mazkur tezisda davlat boshqaruvida yagona vertikal boshqaruv modelining nazariy-huquqiy mohiyati hamda hududlarni kompleks rivojlantirish jarayonidagi o‘rni tizimli ravishda tahlil etilgan. Tadqiqot davomida davlat boshqaruvi tizimida markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi vertikal munosabatlarning ahamiyati, ularning huquqiy asoslari hamda tashkiliy mexanizmlari yoritib berilgan. Shuningdek, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yagona boshqaruv modelining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan. Tezisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, normativ-huquqiy hujjatlar hamda davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar tahlil qilinib, hududiy rivojlanish siyosatini amalga oshirishda yagona vertikal boshqaruvning roli ochib berilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida hududiy boshqaruvning zamonaviy modellari o‘rganilib, ularning milliy boshqaruv tizimiga moslashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish va boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: Oʻzbekiston, 01.05.2023-yil.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” qaror, PQ–132-son. 1-aprel, 2025-yil.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror, 536-son.
23-avgust, 2021-yil.
4. Козлов Ю.М. Административное право: Учебник. – 2-е изд., прераb. и доп. – М.: Юристъ, 2003. 7-8-b.lar
5. Boboyev, H. B. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent: TDYU nashriyoti, 2020.
6. Odilqoriyev, X. T. Davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati tizimi. Toshkent: Yuridik adabiyotlar nashriyoti, 2019.
8. www.lex.uz.